Talabalar spartakiadasining ochilishi

Joriy yilning 25-aprel kuni Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida oʻzbek-qirgʻiz yoshlari oʻrtasida oʻtkazilishi belgilangan “Talabalar spartakiadasi”ning ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Ikramov ishtirok etib, barcha talaba-yoshlarga sport musobaqalarida omad tiladi.

Shuningdek, tadbirda Fargʻona viloyati hokimi X.Bozorov nutq soʻzlab, asrlar davomida shakllangan doʻstlik rishtalari bardavom boʻlishini taʼkidladi.

Tadbirda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali direktori B.A.Qushimov boshchiligida professor-oʻqituvchilar, ishchi hodimlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

Biz qardosh xalqimiz va yurdoshlarimizga musobaqalarda omad tilaymiz.

Posted in Uncategorized.