Besh tashabbus doirasida voleybol

Joriy yilning 2-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali, «Yoshlar ittifoqi» boshlangʻich tashkiloti koordinatorlari D.Baxriddinova, O.Jamoliddinova hamda, S.Qoʻchqorov tashabbusi bilan, qizlar oʻrtasida Voleybol musobaqasiga start berildi.

Musoboqada jami 6 ta jamoa ishtirok etishi belgilandi va ular oʻrtasida qurʼa tashlandi.

Qurʼa natijalariga koʻra, dastlabki uchrashuvda Burgutlar va Moychechak jamoasi oʻzaro baxslashdilar.

Shiddatli baxslarga boy boʻlgan oʻyinda, kichik ustunlik bilan Burgutlar jamoasi gʻolib boʻldi va keyingi bosqichga yoʻllanma oldilar.

Posted in Uncategorized.