Direktor va talabalarning ochiq muloqoti

Joriy yilning 4-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida direktor Qushimov Baxtiyor Alishovich boshchiligida filial guruh sardorlari, yetakchilar hamda koordinatorlarga ochiq muloqot tashkil qilindi.

Ochiq muloqot davomida oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov, fakultet dekani M.Maqsudov, filial kafedra mudirlari, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlim boshligʻi N.Sharipova, taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boʻlim boshligʻi J.Exsonov, fuqarolar murojaati bilan ishlash, ichki nazorat boʻlim boshligʻi M.Temirboyev, Matbuot xizmati xodimi X.Begmatovlar ishtirok etib talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

Posted in Uncategorized.