PROFESSOR TDTU QOʻQON FILIALIDA MEHMON BOʻLDI

Joriy yilning 5-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialiga, Qirgʻiziston Respublikasi, Oʻsh texnologiyalari universiteti professori Sarimsakov Adilxan Azimjonovich tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Filial hamda Oʻsh texnologiyalari universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, professor ishtirokida talabalar va professor-oʻqituvchilarga dars va oʻquv seminarlari oʻtkazildi.

Tashrif yakunida mehmonga, Oliygoh direktori Qushimov Baxtiyor Alishovich tomonidan minnatdorchilik bildirildi va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Posted in Uncategorized.