8-20 EAICHT GURUHI – 3 KARRA OLIYGOH CHEMPIONI!
Joriy yilning 6-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida, qariyb uch oy davom etgan Minifutbol ligasining final oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Dastlab 3-oʻrin uchun boʻlgan bahslarda, 6-22 TVM va 7-21 EEE guruhi talabalari oʻzaro maydonga tushdi.
Uchrashuvda 7-21 EEE guruhi talabalari 4:2 hisobida gʻalaba qozongan holda, ligada 3-oʻrinni qoʻla kiritishdi.
Vanihoyat barcha kutgan final oʻyinlari boshlandi. Unda 8-20 EAICHT va 5-20 EA guruhi talabalari maydonga tushdilar. Shiddatli, murosasiz bahslarga boy boʻlgan final oʻyinida, 8-20 EAICHT guruhi 5:1 hisobida gʻalaba qozonib, 3 karra Oliygoh chempioni nomiga sazovor boʻldilar.
Musoboqa g’oliblari filial direktori Qushimov Baxtiyor Alishovich tomonidan, 1-o’rin 3 000 000 (uch million) so’m, 2-o’rin 2 000 000 (ikki million) so’m, 3-o’rin 1 000 000 (bir million) so’m mablagʻi hamda, maxsus sertifikat bilan taqdirlanishdi.


