Joriy yilning 15-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida talabalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini ligasining bahorgi mavsumining 6-oʻyini boʻlib oʻtdi.
Intellektual oʻyin koordinator X.Begmatov hamda filial yoshlar yetakchisi H.Haydarov hamkorlikda olib bordilar. Bellashuvda jami 4 ta jamoa ishtirok etdi.
Oʻyinlar juda qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻldi. Unda «Temurbeklar», «Omadlilar», «Koordinatorlar» va «Tyutorlar» jamoalari kuch sinashdi.
Yakunda «United» jamoasi eng koʻp savollarga javob topib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Umumiy natijalar:
1. «Yunayted» 40 ball
2. «Omadlilar» 35 ball
3. «Temurbeklar» 31 ball
4. «Koordinatorlar» 9 ball
5. «Muxlislar» 5 ball
6. «1+1» 3 ball
7. Doktarantlar 3 ball
8. Tyutorlar 2 ball




