Joriy yilning 18 may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida direktor maslahatchisi J.Tadjibayev boshchiligida filialning kunduzgi va sirtqi taʼlim guruh sardorlari va yoshlar ittifoqi koordinatorlariga yoshlar orasida jinoyatchilik va korrupsiyani oldini olish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotni direktor maslahatchisi J.Tadjibayev ochib berdi va yigʻilganlargan masala haqida maʼlumotlar berdi.
Soʻngra maʼruzachi filial korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat boʻlimi bosh mutaxasisi M.Maxmudov korrupsiyaga qarshi kurashish, yakuniy nazoratlarni shaffof oʻtkazish, sirtqi taʼlim shaklida va oʻqishni koʻchirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish boʻyicha maʼlumot berdi va ishonch telefonlarini berib oʻtdi.
Muloqot davomida talabalarning mavzuga oid qiziqtirgan savollariga mutaxasislar tomonidan aniq javoblar berildi.





