KOORDINATORLAR UCHUN «KORRUPSIYA HALOKATGA YOʻL» MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI.
Joriy yilning 26-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali yoshlar yetakchisi, talaba-yoshlar korrupsiya klubi raisi H.Haydarov raisligida yoʻnalish koordinatorlari uchun davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Maqsad talabalar orasida korrupsion jinoyatchiliklarni oldini olishdan iborat.
Davra suhbati davomida korrupsiya qonunga zid ekanligi va uning oldini olish yuzasidan bir qator ishlarni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, korrupsiyaning jamiyatda salbiy holatlarga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida fikr-mulohazalari bildirildi.
Yakunda korrupsiyani oldini olish boʻyicha takliflar tinglandi.

