Joriy yilning 9-iyun kuni Yoshlar oyligi doirasida, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali «Yoshlar ittifoqi» boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan, professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
Intellektual oʻyinni filial yoshlar masalalari, maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari M.Maqsudov ochib berdi va barcha yoshlarni Yoshlar oyligi tadbirlarida faol boʻlishga chaqirdi.
Bellashuvda jami 4 ta jamoa, dekanat boʻlimining «Intellekt» elektr va elektronika kafedrasining «Yosh texniklar», 1-sonli talabalar turar joyining «Umidli yoshlar» hamda «Bilimdon» jamoalari ishtirok etishdi.
Murosasiz va qiziqarli bahslarga boy boʻlgan intellektual oʻyin yakunida «Yosh texniklar» jamoasi kichik ustunlik bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.





