TDTU QOʻQON FILIALI HODIMLARI, NAMANGAN VILOYATIGA SAYOHAT QILDILAR.
Joriy yilning 10-iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali rahbariyati tashabbusi bilan Oʻzbekistonning gullar shahri Namangan viloyatiga sayohat tashkil etildi.
Sayohatga faol professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar, jami 21 nafarga yaqin munosib xodimlar jalb qilindi.
Dastur doirasida sayohatchilar 62- Xalqaro gullar festivali munosabati bilan tashkil etilgan goʻzal bogʻlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, turistlarimiz Zahiriddin Muhammad Bobur bogʻi, Afsonalar vodiysi hamda Namangan viloyat tarixi va madaniyati Davlat muzeyini diqqatga sazovor joylarini tomosha qildilar.




