«Intellektual haftalik» doirasida Zakovat intellektual oʻyini

Joriy yilning 13-iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida «Intellektual haftalik» doirasida Zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Intellektual oʻyinni H.Haydarov olib bordi

Intellektual oʻyinni direktor Qushimov Baxtiyor Alishovich ochib berdi va barchani Yoshlar oyligi tadbirlarida faol boʻlishga chaqirdi.

Qoʻqon shahar 3-sektor Mahalla yoshlar yetakchilarining «Vatanparvar» jamoasi, 54-Shirin mahallasi yoshlaridan iborat «Intellekt» jamoasi, filial koordinatorlaridan iborat «Uchinchi renesans yoshlari» jamoasi, 6/22 EA guruhining «Omadlilar» hamda 7/22 MYaMT guruhining «Yuksalish» jamoalari ishtirok etdilar.

Intellektual oʻyinda bir xil natija qayd etgan holda, «Uchinchi renesans yoshlari» va «Omadlilar» jamoa aʼzolari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

 Gʻolib jamoalarga, mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Posted in Uncategorized.