HAMKORLIK TDTU_QOʻQON_FILIALI_VA_ASAKA_AVTOMOBIL_ZAVODI

 Joriy yilning 14-iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali direktori B.Qushimov boshchiligida bir gurur hodimlar Andijon viloyati Asaka avtomobil zavodiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Oliygoh va avtomobil zavodi o‘rtasida memorandum mustahkamlandi va ishlanma loyihalari, bilim almashish dasturlari, qo’shma tashabbuslar hamda boshqa o’zaro manfaatli sa’y-harakatlar toʻgʻrisida kelishuvlar amalga oshirildi.Zavod boʻylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida filial hodimlari zavoddagi ilg‘or texnika va texnologiyalarni bevosita ko‘rish imkoniga ega boʻldilar.Oʻzaro ilmiy yangiliklar haqida kelishuvlar amalga oshirildi.
Ushbu hamkorlik tarmoq imkoniyatlarini, bilim almashishni va kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlar istiqboli uchun xizmat qiladi hamda innovatsiyalar, iqtisodiy o’sish va ta’lim sohasidagi yuksaklikka olib kelishi mumkin bo’lgan akademik-sanoat hamkorligini rivojlantiradi.

Posted in Uncategorized.