Farg‘onada hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ish boshladi.
Joriy yilning 16-iyun kuni Farg‘ona viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Farg‘ona shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan yarmarkaning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Qirg‘izistonning Batken viloyati gubernatorining birinchi o‘rinbosari Marufxan Tulaev ishtirok etdilar.
Yarmarkada filialimizning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Turdaliyev, ilmiy ishlar, pedagogik kadrlarni tayyorlash boʻlimi boshligʻi T.Boʻtayev, Yoshlar Ittifoqi boʻlimi Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori A.Abduraxmonov hamda talabalar faol ishtirok etishdi.




