Islom Karimov nomida Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filialida 2023-yil 7-iyul kuni Qoʻqon shahardagi ishsizlar va oliy maʼlumotli bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida “ MEHNAT YARMARKASI” tashkil qilindi.Ushbu tadbir Qo’qon shahar hokimiyati, 3-sektor rahbariyati, shahar aholi bandligiga ko’maklashish markazi hamda TDTU Qoʻqon filiali bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Qoʻqon shahar hokim M.Usmonov mehnat yarmarkasini ochib berdi, soʻngra 3-sektor rahbari IIB boshligʻi oʻrnbosari B.Mamajonovga soʻz berildi hamda yigʻilganlarga oʻz fikr-mulohazalarini berib oʻtdi. Ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.Mahalla uyushmagan yoshlari ham tadbirda qatnashdilar va o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. AJ “Indorama texstil”XK, “Sadaf Sut”MChJ, “Qoʻqon Mexanika zavodi”AJ,Qoʻqon Erkin Iqtisodiy zona Direksiyasi, Banklar, Umumtaʼlim maktablari, Shifoxonalar va 50 dan ortiq yirik va xususiy tashkilotlardan 300 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan tashrif buyurishdi. Mehnat yarmarkasida Qoʻqon shahar mehnat bandligi tomonidan 200 nafar fuqarolarga yoʻllanmalar berildi, 30 nafar talabalar suhbat jarayonida ishtirok etdilar. Mehnat yarmarkasi yigʻilganlarda chuqur taassurot qoldirdi.










Tadbir davomida oliygohimiz haqidagi bukletlar filial koordinatorlari tomonidan tarqatildi.