Joriy yilning 4- iyul kuni Fargʻona Politexnika Institutda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” imkoniyatlaridan foydalangan holda “Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar umr zavoli!” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda Filialning “Hoʻqandi Latif” talabalar teatr studiyasi tomonidan “Giyohvandlik- inson qadri kushandasi” spektakli sahnalashtirildi. Har yili 26-iyunda Xalqaro giyohvandlik va narkomaniya qarshi kurashish kuni oʻtkazib kelinadi.Ushbu kun munosabati bilan yoshlar o‘rtasida zararli illatlarga qarshi kurashish asnosida targ‘ibot ishlarini olib borish, shuningdek, sahna ko‘rinishlar orqali yoshlar oʻrtasida giyohvandlik taʼsiriga tushayotganlarga saboq berish, hayot go‘zaligi, yashash hissi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida amalga oshirildi.


