Joriy yilning 8- iyul kuni filialining professor-oʻqituvchilari va ishchi-hodimlarga qabul jarayonida korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Qoʻqon shahar IIB boshqarmasi boʻlim boshligʻi L.Egamov soʻz olib, professor-oʻqituvchilarning qabul jarayonlarida taʼmagirlik va korrupsiyaga yoʻl qoʻymasliklari boʻyicha ogohlantirib, yaqinda boʻlib oʻtgan ayrim hayotiy jinoiylar haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. Yakunda kelgusida amalga oshirilayotgan ishlar korrupsiyasiz amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.



