Joriy yilning 28-iyul kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida
direktor Qushimov Baxtiyor Alishovich boshchiligida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Hukumatimiz rahbarining joriy yilning 27-28-iyul kuni Fargʻona viloyatiga tashrifi va tashrifning birinchi kunida koʻtarilgan asosiy masalalar yuzasidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalar masʼullarga etkazildi.
Shuningdek, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov, direktorning birinchi oʻrinbosari M.Maqsudov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Turdaliyevlar, ishlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi B.Xaminovlarning axborotlari tinglandi.
Bajarilishi kerak boʻlgan vazifalar muhokama qilindi hamda masʼullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.






