Test_2023_jarayoni
Bugun 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining oʻn ikkinchi kuni
✅Xabaringiz berganimizdek, test sinovlari Fargʻona viloyatining olimpiya va paralimpiya zahiralari kollejining majmuasida bo’lib o’tmoqda. Ushbu imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari uchun qulay sharoitlar yaratilgan
✅Mazkur joylarda faol harakat olib borayotgan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali rahbariyati hamda «Volontyorlar guruhi» tomonidan ota-onalar ishtirokida ijtimoiy so’rovnomalar o’tkazish ishlari olib borilmoqda.
✅Shuningdek, direktorning birinchi oʻrinbosari, 3-bino ishchi guruh raisi oʻrinbosari X.Begmatov ota-onalarga test jarayoni, volontyorlik faoliyatining maqsadi, korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan ayrim maʼlumotlarni bildirib abituriyentlarga omad tiladilar.






