Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida
Talabalarni turar joy bilan taʼminlash va ijaraga joylashtirishga koʻmaklashish markazi tashkil etildi.
Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda navbatlarning oldini olish, o’quv yili boshlanishi arafasida talabalarning turar joysiz qolish ehtimolini bartaraf etish maqsadida filial hududiga kirish joylarida maxsus markaz faoliyati yo’lga qo’yildi.
Markazda ko’ngilli yoshlar hamda tyutorlar faoliyat yuritib, turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlanishiga amaliy yordam bеrilmoqda.
Markazda tashkil etilgan ma’lumotlar markaziga kеlib tushgan so’rovlar va amalga oshirilgan ishlar monitoringi yuritilib, talabalarning turar joy bilan ta’minlanishi uchun amaliy ko’mak ko’rsatiladi.


