Talabaga madad va qulaylik

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida 2023-2024 o‘quv yilida talabalarni turar joy bilan taʼminlashga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Filialning kirish qismida “Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar markazi” tashkil etilgan boʻlib talabalarga qulay sharoitlar yaratilgan.

Ma’lumot o‘rnida filialda 2 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, xususan,1-talabalar turar joyida 80 o‘rinli, 2-talabalar turar joyida 200 oʻrinli yotoqxonasi talabalarni yangi oʻquv yiliga qabul qilishga tayyor. Shuningdek, filial atrofida joylashgan mahallalardan ham 40ta ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar bazasi shakllantirilgan.

Posted in Uncategorized.