Direktor minbari

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida direktor Qushimov Baxtiyor Alishovich boshchiligida kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Yigʻilishda fuqarolar murojaati bilan ishlash, ichki nazorat boʻlimi boshligʻi M.Temirboyev, direktorning birinchi oʻrinbosari M.Maqsudov, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshligʻi T.Butayev, filial yuristkonsulti X.Usuvaliyev, oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi M.Qambarovlarning axborotlari tinglandi. Shuningdek, professor-oʻqituvchilarning masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglanib yakuniy qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, Yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrish, Mustaqilligimizning 32 yilligi koʻtarinki ruhda tantanali nishonlash kerakligi alohida taʼkidlandi.
Yigʻilish tanqidiy tahlil asosida boʻlib oʻtdi.
Yuqoridagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan direktor B.Qushimov tomonidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Posted in Uncategorized.