#Jarayon
#Tanishtiruv_haftaligi
#Birinchi_kurs_maktabi
????Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida tanishtiruv haftaligi boʻlib oʻtmoqda. Haftalik dasturi doirasida tashkil etilayotgan tanishtiruv haftaligida birinchi bosqich talabalariga ochiq muloqot tadbiri oʻtkazildi.
Unda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari R.Ummatov, A.Asqarov, filial kasaba uyushmasi raisi B.Dehqonovlar soʻz olib talabalarga maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda, sport musobaqalarda, tashkiliy tadbirlarda faol boʻlishga undovchi fikr-munosabatlar bildirdilar. «Tanishtiruv haftaligi» davom etmoqda.




