TDTU QO‘QON FILIALI “INNO WEEK.UZ 2023”

TDTU QO‘QON FILIALI “INNO WEEK.UZ 2023” INNOVATSION G’OYALAR HAFTALIGINING OCHILISH TADBIRI BO’LIB O’TDI

Tadbirni “INNO WEEK.UZ 2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi 1- bosqichi tanlovini filial direktori o’rinbosari biologiya fanlari doktori, dotsent Turdaliyev Avazbek Turdaliyevich so’zga chiqib talabalarni ilmiy ishlarida hamda tanlovlarda ulkan yutuqlarga erishishlariga ishonch bildirib tadbirni ochiq deb e’lon qildi.
So’ngra filialimiz bosh hamkor korxona “Qo’qon mexanika zavodi” AJ boshqaruv raisi o’rinbosari Ma’rufjon Raimjonovich Alieyev so’z olib talabalarni tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish uchun oʻz tavsiyalarini berdi.
Filialning 4-bosqich talabasi Javlonbek Abduvaliyev erishgan yutuqlarini aytib ularni ruhlantirdi.
Shuningdek, mehmon Farg‘ona Politexnika institutida ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig’i Islom Raxmonberdiyev so’zga chiqib talabalarning loyihada qatnashish bo’yicha seminar-trening tashkil etdi.

Posted in Uncategorized.