Tadbirkor_va_yoshlar_uchrashuvi

????Joriy yilning 16-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida «Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi» o’tkazildi.
✅Uchrashuvda “Еvro Print Kokand» ta’sischisi hamda «Shuhrat» medali sohibi Ayubxon Fozilov, «Yevro Print» xodimi Nozimjon Ergashev, Qoʻqon shahar investitsiya boʻlimi xodimi Zayniddin Ismoilovlar talaba-yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
✅Uchrashuv davomida tadbirkor A.Fozilov tomonidan talaba-yoshlar uchun bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyat hamda imtiyozlar, ushbu imkoniyatga munosib boʻlish lozimligi ta’kidlandi va talaba-yoshlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
✅Uchrashuv soʻngida faol boʻlgan yoshlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Posted in Uncategorized.