????Joriy yilning 21-sentabr kuni Talabalar ligasi doirasida, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali Zakovat klubi, «Yoshlar ittifoqi» boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida «Zakovat intellektual» oʻyini boʻlib oʻtdi.
✅ Intellektual oʻyinni filial yoshlar masalalari, maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari M.Maqsudov ochib berdi va barcha yoshlarni Talabalar ligasi tadbirlarida faol boʻlishga chaqirdi.
✅Bellashuvda jami 6 ta jamoa faol ishtirok etdi.
???? Murosasiz va qiziqarli bahslarga boy boʻlgan intellektual oʻyin yakunida «Yunited» jamoasi katta ustunlik bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.







