Direktor tabrigi

 

Aziz o’qituvchi va murabbiylar siz butun hayotingizni, yoshligingizni, kuch-quvvatingizni, ko’z nuringizni yosh avlod ta’lim tarbiyasiga bag’ishlagansiz.

Bugun Sizning o’quvchilaringiz orasida fan nomzodi va doktorlari, profеssorlar, davlat va jamoat arboblari, mashhur sportchilar borligini haqli ravishda e’tirof etamiz.

Siz o’z muallimlik faoliyatingiz davomida bir-nеcha minglab murg’ak qalblarning hayot yo’lini ilm-ma’rifat nuri bilan yoritgansiz.

Xalqimiz, Vatanimiz Siz aziz ustozlar bilan haqli ravishda faxrlanadi.
Sizning oldingizda bosh egib ta’zim qilamiz.

Bayramingiz muborak bo’lsin.
Hamisha shogirdlar, farzandu nabiralar, elimiz ardog’ida bo’ling.
Yaratgan umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bеrsin!!!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali direktori
Qushimov Baxtiyor Alishovich

Posted in Uncategorized.