Profilaktika kuni

Joriy yilning 6-oktabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali Muhandislik fakulteti 1-kurs 4-23 KT va 5-23 TVM guruhlarida YoBIB dekan o’rinbosari R.Ummatov tomonidan ish reja-jadvaliga ko’ra davra suhbati o’tkazildi hamda direktor maslahatchisi J.Tadjibaev, Bo’ston MFY profilaktika inspektori D.Sobirov, tyutorlar D.Sulaymonov va X.To’xtaboevalar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida Payshanba «Profilaktika kuni» munosabati bilan jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo’yicha tushuntirishlar berildi, davomat, guruh talabalarining ichki tartib va odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi, ma’naviy-ma’rifiy va spot-madaniy tadbirlarda ishtiroki hamda boshqa holatlar yuzasidan tahliliy va tanqidiy muhokama qilindi.
Shuningdek, ota-onalar forumiga tayyorgarlik bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Posted in Uncategorized.