«Korrupsiyasiz taʼlim» mavzusida ochiq muloqot

????Joriy yilning 9- oktyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida «Korrupsiyasiz taʼlim» mavzusida «Energetika»va «Muhandislik texnologiyalar» fakultetlariga qabul qilingan 1-bosqich talabalarga ochiq muloqot tashkil etildi.
✅Talabalar oʻrtasida korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida tashkil etilgan ochiq muloqot filial korrupsiyaga qarshi kurashish hamda komplaens nazorat boʻlimi bosh mutaxasisi М.Maxmudov tomonidan olib borildi.
✅Talabalar orasida korrupsion jinoyatlarni oldini olish, ular orasida ijtimoiy faollikni oshirish hamda ushbu oliygohdagi korrupsiyaga qarshi kurashi tizimi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
✅Yakunda talabalarning mavzusiga oid qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
☎️Talabalarga korrupsion holatlarni oldini olish boʻyicha ishonch telefon raqamlar berildi.

Posted in Uncategorized.