Filialimiz delegatsiya aʼzolari Tojikistonning Dushanbe shahrida boʻlib oʻtayotgan xalqaro Konferensiyada

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali delegatsiya aʼzolari Tojikiston Respublikasining poytaxti Dushanbe shahrida boʻlib oʻtayotgan xalqaro Konferensiyada ishtirok etishmoqda.

Tashrif davomida filial delegatsiyasi Sadriddin Ayniy nomidagi Pedagogika institutiga tashrif buyurdilar va har ikki tomon oʻzaro hamkorlik boʻyicha kelishib oldilar.

Shuningdek mehmonlar Tojikiston milliy kutubxonasi, milliy muzeyi, Somoniy maydoni, Roʻdakiy bogʻi hamda poytaxtning diqqatga sazovor joylariga turistik sayohat uyushtirishdi.

 

Posted in Uncategorized.