

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali faollar zalida Referundum-2023: “Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi bu – mening Konstitutsiyam!” mavzusida targ‘ibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
✅Tadbirni filial direktori v.b B.A.Qushimov ochib berdi.
✅Tadbirida Fargʻona viloyati kengashi deputati M.Ergasheva, Dangʻara tumani adliya boʻlim boshligʻi V.Erkaboyevlar Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitusiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida keng tushunchalar berib oʻtdilar.
✅Shuningdek, asosiy qomusimizda aks etgan, fuqarolarga, shaxs mulk huquqi, ta’lim, ijtimoiy soha, parlament, advakatura va hokimiyat tizimi faoliyatiga doir yangi konstitusiyaviy normalar xususida maʼlumotlar berildi
Foto lavhalar:




