Besh muhim tashabbus

Joriy yilning 10-fevral kuni, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida, Besh muhim tashabbus doirasida, sirtqi taʼlim shaklida taʼlim olayotgan talabalar oʻrtasidagi, minifutbol bo’yicha boʻlib oʻtayotgan musobaqaning, yarim final va final oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Filial yoshlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan, maʼnaviyat boʻlimi, yoshlar ittifoqi, matbuot xizmati hamda jismoniy tarbiya boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan musobaqa shiddatli bahslarga boy boʻldi.

? Umumiy natijalarga koʻra, sirtqi taʼlimning 11-22 guruh talabalari barcha raqiblari ustidan gʻalaba qozongan holda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

? Ikkinchi oʻrin esa musobaqaning eng yaxshi jamoalaridan biri, 11-21 guruhi talabalariga nasib etdi.

? Shuningdek 15 ta jamoa ichida uchinchi oʻrinni 13-21 guruhi talabalari qoʻlga kiritishdi.

? Gʻolib talabalarga filial rahbariyati tomonidan maxsus sertifikat hamda koʻchma kubok topshirildi.

      

Olima ayollar davra suhbati

Joriy yilning 10-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida Olima ayollar hamda talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida filial maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshligʻi N.Sharipova, kimyo fani oʻqituvchisi V.Otaqoʻziyeva hamda hotin-qizlar uyushmasi raisi N.Alimovalar tomonidan talaba-qizlarga ilmiy faoliyatdagi muvaffaqiyat sirlari toʻgʻrisida maʼlumotlar va kerakli tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida talaba-qizlar tezislar, ilmiy maqolalar chop etish hamda oʻz gʻoyalarini yanada shakllantirish boʻyicha bilim va koʻnikmaga ega boʻldilar.

      

Teatr studiya jamoasi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali «Teatr studiya jamoasi» oʻz ijodlari bilan munosib ishtirok etib, «Milliy anʼana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun» uchun nominatsiyasida gʻolib boʻldi hamda «Eng yaxshi erkak» roli nominatsiyasida gʻolib boʻldi.
Ushbu gʻalabada filialning 7-22, 8-22, 3-22, 9-22, 4-21-guruh talabalariga hamda Filial maʼnaviyat-maʼrifat boʻlim boshligʻi N.Sharipova, «Talabalar studiyasi» rahbari X.Begmatov, tyutor A.Xudoynazarovlarga alohida minnatdorchilik bildiramiz!!!

      

Korrupsiyasiz talim

Joriy yilning 9-fеvral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеtining Qo’qon filiali Komplaеns nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi bosh mutaxassisi M.Maxmudov va yoshlar masalalari bo’yicha dirеktor maslahatchisi J.Tadjibaеv hamkorligida, filial profеssor-o’qituvchilari uchun «Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish» mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Tanqidiy-tahliliy tarzda bo’lib o’tgan yig’ilishda, jami 26 nafar filial profеssor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Shuningdеk, yig’ilish davomida ta’lim sohasiga oid ayrim korrupsion holatlarni huquqiy oqibatlari xaqida tushunchalar bеrildi.

Yakunda profеssor-o’qituvchilarning taklif va tavsiyalari tinglanib, aniq yo’l haritasi ishlab chiqish bеlgilab olindi.

       

 

Navoiyga ehtirom

Joriy yilning 9-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialining faollar majlis zalida buyuk shoir va mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Filial direktori v.b B.Qushimov ochib berdi. Tadbirda A.Navoiy hayotiga bagʻishlangan sahna asari namoyish qilindi hamda kechaga mos gʻazallar va kuy-qoʻshiqlar kuylandi. Tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu tadbir maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi, kutubxona markazi, matbuot xizmati hamda yoshlar ittifoqi hamkorligida amalga oshirildi.

      

Zakovat

Joriy yilning 9-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan, matbuot xizmati maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi hamda yoshlar ittifoqi bilan hamkorligida talabalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini ligasining Qishki mavsum 1-tur 6-oʻyin bellashuvi boʻlib oʻtdi. Intellektual oʻyinni filial “Zakovat” koordinatori X.Begmatov olib bordi bellashuvda jami 4 ta jamoa ishtirok etdi. Oʻyinlar juda murosasiz bahslarga boy boʻldi. Unda «Yunayted», «Temurbeklar», «Omadlilar», «Lochinlar» jamoalari kuch sinashdi. Yakunda «Yunayted» jamoasi gʻolib boʻldi. Oʻyinda 30 nafar talaba hamda 5 nafar mahalla yetakchilari ishtirok etdi.

1.?»Yunayted» jamoasi 50ball
2.?»Temurbeklar» jamoasi 43 ball
3.? Omadlilar jamoasi 28ball
4.?Intelekt jamoasi 16 ball
5.?Milliy jamoasi 15 ball
6.?Lochinlar jamoasi 6 ball
7.?Ekonimiks jamoasi 5 ball
8.? Yupiter jamoasi 4 ball

      

 

Kengash yigʻilishi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni kengash raisi, direktor v.b B.Qushimov ochib berdi. Yigʻilishda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov, fuqarolar bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi M.Temirboyev, ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshligʻi T.Butayev, taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boʻlim boshligʻi J.Exsonov, filial RRT boʻlim boshligʻi N.Xudoyberdiyev, oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi M.Qambarov, devonxona boʻlim mudirasi G.Meliboyeva, buxgalteriya boʻlim boshligʻi M.Mamajonova, filial yuriskonsulti X.Yusuvaliyevlarning axborotlari tinglanib tegishli qaror qabul qilindi. Yakunda kengash aʼzolarini takliflari tinglandi hamda kengash raisi masʼullarga topshiriqlar va tavsiyalar berdi.

       

         

Yongʻin xavfsizligi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali 1-Talabalar turar joyida fuqarolarning texnik muxofazasi yongʻin xavfsizligini oldini olish maqsadida talabalarda davra suhbati tashkil etildi. Uni masʼul Sh.Xodjayev olib bordi. Yakunda talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

           

Sport – sogʻlom hayot garovi

Joriy yilning 4-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida yoshlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan sportning stol tennisi boʻyicha professor-oʻqituvchilar va sportchi talabalar oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtdi.

Sport musobaqasi Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi D.Sarimsoqov, 2-boʻlim boshligʻi M.Xalilov, yoshlar yetakchisi H.Haydarov, matbuot hodimi H.Begmatov hamda 3-22 guruh yetakchisi A.Islomov hamkorligida tashkil etildi.

Qiziqarli va shiddatli kechgan musobaqada 7 nafar professor-oʻqituvchilar va 32 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra musobaqa gʻoliblari bilan tanishing:
? 1-oʻrin O.Muhammadiyev
13-22 guruh talabasi
? 2-oʻrin M.Xalilov 2-boʻlim
boshligʻi
? 3-oʻrin Sh.Nizomov 18-22
guruh talabasi

P/s Gʻolib ustozlarimiz hamda iqtidorli talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

             

Master klass

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida master klass tashkil etildi. Uni «Westminstor» universiteti professor-oʻqituvchisi A.Sobirov olib bordi. Filialda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish mavzusida boʻlib oʻtgan master klass tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu master klass maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi hamda ichki nazorat boʻlimi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.