Direktor minbari

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali direktori v.b B.Qushimov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan Filial balansidagi Fotoelektrostansiyaning faoliyatini oʻrganish va hozigi kundagi dolzarbligini OAVda yoritish maqsadida tashrif buyurdi. Shuningdek, holat boʻyicha kelgusida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar yuzasidan tegishli masʼullarga koʻrsatmalar berdi.

         

 

Qizlar davrasi

Joriy yil 27-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialining 1-Talabalar turar joyi qizlari orasida ichki tartib qoidalar va odob-ahloq qoidalariga rioya etish mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Uni Filialning yoshlar masalalari boʻyicha maʼnaviyat-maʼrifat boʻlim boshligʻi N.Sharipova olib bordi.
Shuningdek, bino komendanti R.Nigmatova soʻz olib qizlarga oʻz tavsiya va koʻrsatmalarini berib oʻtdi. Yakunda talaba qizlarning takliflari tinglanib, ularga oʻz maslahatlari berildi.

           

Street workout

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida yoshlar masalasi direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan talabalarni jismonan sogʻlom va baquvvat boʻlish taʼminlash maqsadida «Street workout» ning turnik va brus sport turi musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqa jismoniy madaniyat fani professor-oʻqituvchisi D.Sarimsoqov hamda Yoshlar yetakchisi H.Haydarov, Matbuot xizmati xodimi X.Begmatov, tyutor A.Xudoynazarovlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

          

?Gʻolib talabalar

?Turnik musobaqasida

?I.Sarimsoqov 17-22 talabasi
?O.Muhammedov 13-22 talabasi
?N.Abdualimov 13-21 talabasi

?Brus musobaqasida

?O.Abbosov 5-20
?E.Ashirov. 17-22
?D.Mamadaliyev 3-22

Innovatsion loyihalar mavzusida oʻquv-seminar

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida innovatsion loyihalar mavzusida oʻquv-seminar tashkil etildi. Uni filial direktori v.b B.Qushimov ochib berdi. Oʻquv-seminar talabalarga innovatsion loyihalar, «start up», grantlar haqida toʻliq maʼlumot berish va amaliyotga tadbiq etish maqsadida amalga oshirildi, seminar Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi yoshlar innovatsion markazi mutaxassislari tomonidan olib borildi hamda tushuntirildi.Qiziqarli boʻlib oʻtgan oʻquv-seminari taklif va savol-javoblarga boy boʻldi. Yakunda kelgusida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

       

 

“Zakovat” intellektual o‘yini ligasining 4-tur bellashuvi

2023-yilning 26-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan, matbuot xizmati hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamkorligida talabalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual o‘yini ligasining 4-tur bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

? Intellektual oʻyinni filial Zakovat koordinatori X.Begmatov olib bordi hamda barcha talabalarga omad va zafarlar tiladi.

           

? Bellashuvda jami 4 ta jamoa ishtirok etdi. Oʻyinlar juda murosasiz bahslarga boy boʻldi.
Unda «Yunayted», «Temurbeklar», «Omadlilar»,»Intelekt» jamoalari kuch sinashdi.Yakunda «Temurbeklar» jamoasi gʻolib boʻldi.

? Zakovat ligasining 4-tur natijalariga koʻra jamoalar toʻplagan umumiy ballari bilan tanishing:

1.?»Yunayted» jamoasi 40 ball
2.?»Temurbeklar» jamoasi 38 ball
3.? Omadlilar jamoasi 24 ball
4.?Milliy jamoasi 15 ball
5.? Intelekt jamoasi 13 ball
6.? Ekonimiks jamoasi 5 ball
7.? Yupiter jamoasi 4 ball
8.? Lochinlar jamoasi 4 ball

Kutubxona markazida «Besh tashabbus» doirasida Markaz hodimlari bilan hamkorlikda Tarix fani adabiyotlari yuzasidan «Kitobxonlik» davra suhbati tashkil etildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialining Kutubxona markazida «Besh tashabbus» doirasida Markaz hodimlari bilan hamkorlikda Tarix fani adabiyotlari yuzasidan «Kitobxonlik» davra suhbati tashkil etildi. Uni ijtimoiy va aniq fanlar kafedrasi mudiri N.Xolmirzayev hamda markaz boʻlim boshligʻi Z.Nazarovalar olib bordilar. Talabalarga tarix fanining dolzarbligi, adabiyotlarning turlari haqida maʼlumotlar berildi. Yakunda talabalarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

 

Direktor minbari

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali direktori v.b B.Qushimov talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishish maqsadida 1-Talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.Talabalar bilan dildan suhbatlashib ularning taklif va munosabatlari tinglandi. Yakunda taklif va munosabatlar yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

     

NURONIYLAR HAMISHA E’TIROFDA

Joriy yilning 24-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali «Yoshlarni ijtimoiy va ma’naviy barqarorligini saqlash» bo‘yicha direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan, yoshlar yetakchisi H.Haydarov, tyutor D.Inomov hamkorligida, bir qator volontyor talaba-yoshlar tomonidan Qoʻqon shahar 3-sektor Navoiy mavzesida yashovchi nuroniylar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan habar olindi.

Tadbir doirasida Alisher Navoiy mavzesidagi 74/10 chi honadonda yashovchi D.Rahimova, 74/11 honadonida istiqomat qiluvchi N.Holmirzayeva, 62/48 honadonda istiqomat qiluvchi Q.Mansurova holidan habar olinib, ularga mehr koʻrsatildi.

Mehr aksiyasida muddatli harbiy xizmatni oʻtab kelgan talabalar O.Rabbimqulov, S.Komiljonov, T.Mamajonov, O.Choriyev, A. Abdugʻapporov, I.Yigitaliyev faol ishtirok etishdi.

Bunday tadbirlarning amalga oshirilishi, talaba-yoshlarda insoniylik va xalqparvarlik fazilatini shakllanishiga hizmat qiladi.

       

Tabriklaymiz!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali 8-21-guruh talabasi Xasanov Diyorjon Ramish oʻgʻli Joriy yilning 21-yanvar kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Yangi O’zbekistonda innovatsion tadqiqotlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi «INTELLEKTUAL IZLANUVCHI» xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovi, shuningdek Best Publication – yoshlarni qo’llab quvvatlash hamda ilmiy tadqiqotlar markazining 2022 yil 24-dekabr kungi № 32-sonli qaroriga muvofiq eng munosib deb topilgan “Intellektual izlanuvchi” xalqaro tanlovi taqdirlanuvchilari esdalik koʻkrak nishoni hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan mukofotlandi. Filial jamoasi Diyorbekning ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaymiz!!!

           

Shaxmat-shashka

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida qizlar oʻrtasida shaxmat-shashka sport turi musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqa Yoshlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi J.Tadjibayev tashabbusi bilan tashkil etildi. Musobaqa maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi, xotin-qizlar kengashi, yoshlar yetakchisi, matbuot xizmati boʻlimi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Gʻoliblar keyingi bosqichga yoʻl oldi.