Kengash yigʻilishi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Kengashni filial direktori v.b B.Qushimov ochib berdi. Kengashda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov, oʻquv uslubiy boʻlim boshligʻi M.Qambarov, ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshligʻi T.Butayevlarning oʻz masalasi boʻyicha axboroti tinglandi. Shuningdek, turli xil masalalar yuzasidan taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boʻlim boshligʻi J.Exsonov maʼlumoti tinglandi va kengash aʼzolari tomonidan tasdiqlandi. Yakunda kengash aʼzolari takliflari tinglanib, masʼul rahbarlarga tavsiya va topshiriqlar berildi.

       

Kredit modul taʼlim jarayoni.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida 1-bosqich sirtqi taʼlimda tahsil olayotgan talabalarga faollar zalida oʻquv jarayoni va kredit modul tizimi boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi. Uni filial direktori B.Qushimov ochib berdi va sirtqi taʼlimda tahsil olayotgan talabalarga muvaffaqiyat tiladi. Soʻngra oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov oʻquv jarayoni yuzasidan maʼlumotlar berib, talabalarning qiynab turgan savollariga javob berib oʻtdi. Shuningdek, oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi M.Qambarov kredit-modul tizimi haqida toʻliq maʼlumot berib oʻtdi. Yakunda talabalarning savol va takliflari tinglanib kerakli tavsiya va javoblar berildi.

Xodimlarga ustama haq belgilash

Joriy yilning 21-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida direktor masahatchisi J.Tadjibayevning tashabbusi bilan masʼul boʻlimlar bilan hamkorlikda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yili munosabati bilan oliygohning ishchi xodimlari va masʼul rahbarlarini oʻz vasifasiga masʼuliyatni oshirish va taʼlim sifatini rivojlantirish maqsadida ustama haq belgilash boʻyicha ishchi guruh tashkil etildi. Ular tomonidan yozilgan ustama arizalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, barcha xodimarni birma bir suhbat asosida ishchi guruh belgilangan ustamalari oʻrganilib tasdiqlandi. Ushbu amalga oshirilayotgan ishchi guruhning amaliy ishlari avvalgi yillarda ustamalar toʻgʻri yoʻnaltirilganligi hamda notoʻgʻri yoʻnaltirilgan boʻlsa, uni bartaraf eʼtish yuzasidan amalga oshirildi. Yakunda direktor B.Qushimov soʻz olib, ushbu tashabbusni yil davomida amalga oshirishga kelishib olindi.

          

Zakovat.

Joriy yilning 21- yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida “Besh tashabbus” doirasida professor-oʻqitituvchilar oʻrtasida ijtimoiy muhitni sogʻlomlashtirish va mantiqiy fikrlashni targʻib etish maqsadida “Zakovat” intelektual oʻyini barcha kafedralar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Uni yoshlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi J.Tadjibayev ochib berdi hamda ularga omad tiladi.“Zakovat” intelektual oʻyin koordinator X.Begmatov tomonidan olib borildi. Jami 4ta jamoa ishtirok etdi. Ular ”Yunayted”, “Zukkolar”, ”Bilimdonlar”,“Ekonomistar” iborat jamoalar orasidan “Zukkolar” yaʼni dekanat jamoasi gʻolib boʻldi.

          

Besh tashabbus amalda

Joriy yilning 19- yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida “Besh tashabbus” doirasida
Talabalar oʻrtasida mantiqiy fikrlashni targʻib etish maqsadida “Zakovat ligasi” tashkil etildi. Zakovat koordinatori X.Begmatov tomonidan tashkil qilindi. Jami 4ta jamoa ishtirok etdi. ”Yunayted”,“Temurbeklar”,”Intelekt”, “Omadlilar” jamoasi orasidan “Yunayted” jamoasi gʻolib boʻldi.

       

 

Besh tashabbus amalda

Joriy yilning 19- yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida “Besh tashabbus” doirasida talabalarni “Kitobxonlik” toʻgaragaga jalb qilish maqsadida Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Abdulla Qodiriyning ushbu asar yuzasidan Z.Nazarova kutubxonachilar tomonidan keng tushuntirib taqdimot qilindi.

     

 

Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz

Joriy yilning 18-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialida talabalar orasida turli xil yod g‘oyalar ta’siriga tushmaslik maqsadida direktor maslahatchisi J. Tadjibaevning tashabbusi bilan sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalarga “Ommaviy madaniyatga qarshimiz” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. O‘quv seminarni ijtimoiy va aniq fanlar kafedrasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Kafedra mudiri N.Xolmirzaev taqdimot qilib berdi. O‘quv-seminarni Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari R.Ummatov Ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Yakunda talabalarning mavzuga oid savollariga batafsil tahlillarga asoslangan javoblar berildi.

Oliygohda sirtqi taʼlim talabalari bilan ochiq muloqot

Joriy yilning 17-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеtining Qo’qon filialida dirеktor maslahatchisi J. Tadjibaеv, fakultеt dеkani M.Maqsudov, Yoshlar masalalari bo’yicha dеkan o’rinbosari R.Ummatovlar hamkorligida sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalarga ochiq muloqot tashkil etildi. Dirеktor maslahatchisi J.Tadjibaеv talabalarga bir oylik o’qish davomida ilmiy faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilab turli hil diniy oqimlarga kirmaslik, turli hil jinoyatlarga aralashmaslik, ta’lim jarayonida korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik haqida to’xtalib o’tdi.

Shuningdеk, fakultеt dеkani M.Maqsudov talabalarga o’qish davomidagi talabalar tomonidan bajariladigan baholash tartib va qoidalarga amal qilgan holda yakunlashlarini alohida takidladilar. Yoshlar masalalari bo’yicha dеkan o’rinbosari R.Ummatov esa talabalarga filialning ichki tartib qoidalari va odob-ahloq qoidalariga rioya etishlarini bundan tashqari xozirgi anomal sovuq kunlarda o’zlarini tеxnik xavfsizlik hamda issiqlik tizimlaridan oqilona foydalanishlarini alohida aytib o’tdi. Muloqot yakunida dirеktor maslahatchisi J.Tadjibaеv talabalarga barcha holatlarda birlashib, maslahatlashib, hamkorlikda ishlarni amalga oshirish kеrakligini alohida aytib o’tdi.

Muloqot 8 ta guruhda amalga oshirildi.

Jami 287 nafar talaba tingladi.

     

Ijarada yashovchi talabalar

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali Yoshlar masalasi boʻyicha dekan oʻrinbosari R.Ummatov, filial yoshlar yetakchisi X.Xaydarov, Matbuot xizmati xodimi X.Begmatovlar sirtqi taʼlimda ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari va issiqlik taʼminoti bilan tanishish maqsadida xonadonlarga tashrifni amalga oshirdilar.Shuningdek mavjud muammolarni joyida bartaraf etish choralari koʻrildi.

       

Talabalalar turar joyiga tashrif

Islom Karimov nomiga Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali direktori B.Qushimov 1-2-Talabalalar turar joyiga tashrif buyurdi. Talabalarga qulay sharoit yaratish va mavjud sharoit bilan tanishish maqsadida issiqlik tizimi va uning ishlashini sozligini, bundan tashqari, issiqlikni taʼminlaydigan koʻmir zahirasini J.Tadjibayev boshchiligidagi ishchi guruh bilan birgalikda oʻrganib, undagi muammolar yuzasidan tegishli masʼullarga koʻrsatmalar va topshiriqlar berildi.