Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Yangi yil shukuhi

❄️ Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida «Yangi yil shukuhi» nomli tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni filial direktori Qushimov Baxtiyor Alishovich ochib berdi.

? Filial direktori tomonidan 2022-yil davomida fidokorona mehnati hamda jamoat ishlarida faol boʻlgan hodimlarga tashakkurnomalar topshirildi.

✨ Shu bilan bir qatorda kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan bayram sovgʻalari tarqatildi.

? Bayram tadbirini kuy-qoʻshiqlar, yoshlik zavqi ufurib turgan raqslar, qiziqarli oʻyinlar, gʻaroyib chiqishlar hamda Qorbobo va goʻzal Qorqiz bezadi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Davra suhbati

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida Qoʻqon shahar adliya boʻlimi bilan hamkorlikda bosh maslahatchisi A.Mahsudov, Qo’qon shahar adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Mehmonovlar boshchiligida Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan 2022-yil 15-noyabrda tasdiqlangan Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, «Korrupsiya taraqqiyot kushandasi», «Korrupsiyasiz kelajakni barpo etamiz» mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Murojaatnoma tahlili

Oliygohda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini tahliliy kengaytirilgan yigʻilishi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida direktor B.Qushimov boshchiligida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasini tahliliy muhokamasi boʻlib oʻtdi.2023-yil «Insonga eʼtibor sifatli taʼlim» deb eʼlon qilinganligi Oliy taʼlim tizimida chuqur islohatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratishini, sifatli taʼlimni tashkil etish uchun zamonaviy sharoit yaratish, professor-oʻqituvchilarga keng imtiyoz va sharoitlar yaratish imkoniyatini paydo boʻlishini alohida taʼkidladi direktor. Shuningdek, Yoshlar masalasi boʻyich maʼnaviyat-maʼrifat boʻlim boshligʻi N.Sharipova Prezident ning Oliy Majlisga Murojaatnomasini asosiy vazifalarini tanishtirib oʻtdi. Murojaatnoma yuzasidan bir necha ustozlar oʻz munosabatlarini bildirdi. Xususan, Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov, Jismoniy shaxslar bilan ishlash ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi M.Temirboyev, professor-oʻqituvchi B.Xaminov,Matbuot kotibi X.Begmatovning taklif va munosabatlari tinglandi. Yakunda direktor B.Qushimov filialda 2023-yilda sifatli taʼlimni rivojlantirish boʻyicha yoʻl haritasini ishlab chiqish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Bizning stipendiyatlar

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialining talabalari nomdor davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Quvonchli tomoni, ular orasida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali talabalari ham bor. Ular bilan tanishing:

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Umarov Sodiqjon Ahmadali oʻgʻli, «Texnologik mashinalar va jihozlar» yoʻnalishi boʻyicha 4-bosqich talabasi, Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Madiyorov Jalilbek Ikromjon oʻgʻli, «Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi» yoʻnalishi boʻyicha 3-bosqich talabasi, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

YANGI YIL OQSHOMI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI QOʻQON FILIALIDA «YANGI YIL OQSHOMI» OʻTKAZILDI.

❄️ Joriy yilning 23-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida «Yangi yil oqshomi» boʻlib oʻtdi.

Tadbirni filial direktori Qushimov Baxtiyor Alishovich ochib berdi va barcha talaba-yoshlarni bayram bilan tabrikladi.

✨ Bayram tadbiri davomida Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi Umarov Sodiqjon hamda Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi Madiyorov Jalilbek filial direktori tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

✨ Shu bilan bir qatorda Yoshlar ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan “Ittifoq fest” tadbirlarida gʻolib boʻlgan talabalarga faxriy yorliq va maxsus sertifikatlar topshirildi.

? Bayram tadbirini talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, yoshlik zavqi ufurib turgan raqslar, qiziqarli oʻyinlar, gʻaroyib chiqishlar hamda goʻzal Qorqiz bezadi.

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Zakovat 2-tur

?2022-yilning 22-dekabr kuni soat 14:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida Maʼnaviyat boʻlimi, matbuot xizmati hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda talabalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual o‘yini ligasining 2-tur bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Intellektual oʻyinni filial koordinatori X.Begmatov ochib berdi va barcha talabalarga omad va zafarlar tiladi.

? Bellashuvda jami 3ta jamoa ishtirok etdi. Oʻyinlar juda murosasiz bahslarga boy boʻldi.

? Zakovat ligasining 2 tur natijalariga koʻra jamoalar toʻplagan ballari bilan tanishing:
1.»Yunayted» jamoasi 11 ball
2.»Temurbeklar» jamoasi 9 ball
3.»Milliy» jamoasi 9 ballni qoʻlga kiritdi. Oliygohimizning bilimdon talaba-yoshlariga Zakovat ligasining keyingi turlarida ham omad tilab qolamiz!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Tyutorlar faoliyatidan

Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialining 7-22 guruh talabalari tyutor A.Xudoynazarov boshchiligida «Allomalar muzeyi»ga sayohat uyushtirishdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Shuningdek 10-22 guruh talabalari tyutor D.Suleymanov boshchiligida «Oʻlkashunoslik muzeyi»ga sayohat uyushtirishdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Harbiy qismda

?Joriy yilning 20-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filiali talabalari uchun «Mard askar – yoshlarga namuna» shiori ostida Qo’qon shahar 33171-harbiy qismga ochiq eshiklar kuni uyushtirildi.

?Tadbir filial Yoshlar masalalari bo’yicha dirеktor maslahatchisi J.Tadjibaеv, maʼnaviyat bo’limi boshlig’i N.Sharipova, dеkan o’rinbosari R.Ummatov, Yoshlar ittifoqi BT raisi H.Haydarov, matbuot hizmati hodimi X.Bеgmatov hamda tyutorlar Z.Egambеrdiеva va X.Asranqulov hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda jami 30 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

?Talabalarga ekskursiya davomida 33171-harbiy qismda podpalkovnik M.Nazarov tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy bo’linma to’g’risida to’laqonli ma’lumotlar уеtkazildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Munozara

2022-yilning 19-dekabr kuni soat 14:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialining 1-sonli talabalar turar joyida Yoshlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi, maʼnaviyat boʻlimi, matbuot xizmati, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamda filial psixologi bilan hamkorlikda talabalar oʻrtasida “Munozara” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

?‍♂️ Intellektual oʻyinni filial yoshlar yetakchisi H.Haydarov olib bordi.

? Bellashuvda «Uchinchi renesans yoshlari» va «Nihol» jamoalari tasdiq va inkor holatida oʻzaro kuch sinashdi.

? Murosasiz kechgan bahslarda «Uchinchi renesans yoshlari» jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

?P/s: Oliygohimizning bilimdon talaba-yoshlariga Munozara bellashuvining keyingi bosqichlarida ham omad tilab qolamiz!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Zakovat

? Joriy yilning 17-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali professor-oʻqituvchilari va ishchi hodimlari oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Bellashuvni direktor maslahatchisi J.Tadjibayev ochib berdi hamda ishtirokchilarga omad tiladi.

? Filial Yoshlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi, maʼnaviyat boʻlimi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkillashtirilgan intellektual oʻyin juda murosasiz tarzda kechdi.

? Yakuniy natijalarga koʻra, oliygohning ijtimoiy va aniq fanlar kafedrasining «Yupiter» jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti