G’alaba muborak

🇺🇿 Avval xabar berganimizdek Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali «Open byudjet» loyihasida eng koʻp ovoz toʻplagan holda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
🌱 Oliygohning «Yoshlar ittifoqi» jamoasi tashabbusi bilan bugun erta tongdan ustoz-murabbiylar va talabalar bayramona kayfiyatda kutib olindi.
🏆 Eslatib oʻtamiz loyihada Oliygoh tomonidan IT moddiy texnik bazasini rivojlantirish boʻyicha tashabbus kiritildi va yakunda 1.2 miliard (bir milliard ikki yuz million) soʻm miqdorida pul mukofoti yutib olindi.