Fikringiz muhim

Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaning tashabbuskori asosan kim?

Talabaning korrupsiya haqida xabar bermasligining sababi nima?

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan U-Report orqali shu haqda so’rov otkazmoqda.

Talabalar, ularning ota-onalari,
OTM o’qituvchilari va barchangizni mazkur so’rovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Fikringizni shu yerda bildiring  @UReportUzbBot

 

 

Kitobxonlik

Joriy yilning 7-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialining 1-talabalar turar joyida «Kitob bizning doʻstimiz» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Omon Matjon, Rauf Parpi ijodiga oid kitoblar mutolaa qilindi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
????7 ноября этого года в 1- Студенческом общежитии Коканского филиала Ташкентского государственного технического университета имени Ислама Каримова был организован круглый стол на тему «Книга – наш друг». были прочитаны книги о произведениях Амона Матджона и Рауфа Парпи.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
????On November 7 of this year, a roundtable discussion on the topic «The book is our friend» was organized in the 1st student residence of the Kokan branch of the Tashkent State Technical University named after Islam Karimov.
Books

 

Oʻquv seminar

Joriy yilning 4-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida 3D-modellashtirish boʻyicha
oʻquv seminar tashkil etildi.
Seminar davomida kompas, avtokad, 3d-max dasturlarini doimiy ravishda talabalarga oʻrgatish va ular bilan yangi loyihalar amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.
????4 ноября этого года по 3d моделированию в Кокандском филиале Ташкентского государственного технического университета имени Ислама Каримова был организован
образовательный семинар. В ходе семинара была достигнута договоренность о постоянном обучении студентов программам компас, автокад, 3d-max и реализации с ними новых проектов.
????On November 4 of this year, on 3D modeling at the Kokand branch of Tashkent State Technical University named after Islam Karimov
educational seminar was organized.
During the seminar, it was agreed on the continuous teaching of compass, autocad, 3d-max programs to students and the implementation of new projects with them.

 

Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz

Joriy yilning 2-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida «Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uni filial inspektori U.Maqsudov hamda tyutor X.Asranqulovlar hamkorligida amalga oshirildi.
Suhbat davomida talabalarga ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlari, jinoyatchilik oqibatlari, jinoyat olamidagi tahliliy misollar bilan maʼlumotlar berildi.

Milliy qadriyatlar kuni

Joriy yilning 31-oktyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida «Milliy qadriyatlar kuni» oliygoh miqiyosida keng nishonlandi.
Tadbirni oliygoh direktori Qushimov Baxtiyor Alishovich ochib berdi.Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Tadbirda «Energetika» va «Muhandislar» fakulteti talabalari faol ishtirok etdilar.

Direktor minbari Yosh liderlar

Joriy yilning 27-oktabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgust kungi “Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 351-sonli buyrug‘ining 3-band 4-xat boshi hamda filial direktorining 2023-yil 14-avgust kungi 01/9-05-116-sonli buyrug‘iga asosan, “Yoshlar akademiyasi forumi” doirasida Yoshlar akademiyasining liderlar oliygoh direktori Qushimov Baxtiyor Alishovich tomonidan taqdirlandilar.

Direktor minbari

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida direktor Qushimov Baxtiyor Alishovich boshchiligida navbatdan tashqari yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Kun tartibidagi asosiy masala hamda turi maslalar yuzasidan axborotlar tinglandi.
Shuningdek, professor-oʻqituvchilarning fikr-mulohazalari asosida yakuniy qaror qabul qilindi.
Yigʻilish tanqidiy tahlil asosida boʻlib oʻtdi.
Yuqoridagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan direktor B.Qushimov tomonidan masʼul rahbarlarga topshiriq va tavsiyalar berib oʻtildi.

Xalqaro ilmiy hamkorlik

Joriy yilning 16-24-oktabr kunlari TDTU Qoʻqon filialida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli Oliy talim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi va 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli Oliy talim muassasalarida talim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taminlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida gi qarorlari ijrosini taminlash maqsadida zootexniya va agronomiya kafedrasiga 2023-yilning 16 – 24-oktabr kunlari davomida Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg davlat universitetining Ekologiya kafedrasi mudiri, biologiya fanlari doktori, professor Yevgeniy Vasilyevich Abakumovni Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi yonalishi 3-21-kurs talabalariga Ekologiya kursi boyicha 20 soat hajmida maruza va amaliy mashglot darslarini otishga taklif qilindi.

Energetika fakulteti minbari

Joriy yilning 24-oktabr kuni
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida INNOWEEK -2023 haftaligida faol ishtirok etgan D.Xasanov fakultet dekani I.Usmonov tomonidan alohida eʼtirof etildi. Talabalar ushbu yoʻnalishda faol boʻlishlarini aytib oʻtdilar hamda D.Xasanov sertifikat bilan taqdirlandi.
Uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.