Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo‘limi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiFuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig’i

Temirbayev Mashrab Karimovich

Telefon: +99899 494-17-30

+99899 725-70-75

e-mail: ichkinazorat@tdtukokand.uz

Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 14:00 dan 16:00 gacha

Bo’lim nizomi 

1. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Fuqarolarning ma’muriy javobgarligi to’g’risida”gi qonunga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari buyruqlariga muvofiq amalga oshiradi.

2. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo‘limi oliy o‘quv yurtlarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etilishini amalga oshiradi, shuningdek fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va o‘quv yurti bo‘yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.

3. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo‘limining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

3.1.Ta’lim muassasasida  O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim sohasiga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, vazirlikning Hay’at qarorlari, buyruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek o‘quv yurtining Kengash qarori va buyruqlarining bajarilish nazoratini ta’minlash va monitoringini oborish.

3.2.Kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish va oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha rejalashtirilgan barcha tadbirlarni hamda moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish.

3.3.Professor-o‘qituvchilar tarkibi va xalq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish va o‘tkazish.

4. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida:

4.1.Oliy ta’lim muassasasida ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.

4.2.Oliy ta’lim muassasasida ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi.

4.3.Oliy ta’limni boshqarish organlari (vazirlik, rektorat, Ilmiy kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi.

4.4.Oliy ta’lim muassasasi qaror va buyruqlarini ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

4.5.Oliy ta’lim muassasasi ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.

4.6.Ta’lim muassasasida ilg‘or tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga imkoniyat yaratadi.

4.7.Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshiradi.

5. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo‘limi quyidagi huquqlarga ega:

5.1.Filialda O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, ta’lim masalalari bo‘yicha Respublika hukumati qarorlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek ta’lim muassasasini Kengash majlisi qarori va buyruqlarini bajarilishini fakultetlarda, kafedralarja, bo‘limlarda tahlil qilish.

5.2.Filialda va unga tegishli ta’lim muassasalarida (malaka oshirish instituti, litseylar va boshqalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish.

5.3.Filialda va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish.

5.4.Filial faoliyatini o‘rganish bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish.

5.5.Ichki nazorat va monitoring huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda o‘quv yurtining malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda guruhlar tuzish.

6. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatini vazirlik bilan kelishilgan holda va oliy ta’lim muassasasi rektori tasdiqlagan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.

7. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring bo‘limi faoliyati har yili oliy ta’lim muassasasi Kengashida muhokama qilinadi va bu haqdagi hisobot Vazirlikka o‘quv yilining oxirida taqdim etiladi.

 645 total views,  2 views today