Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig’i

Xaminov Burxon Turgunovich

Telefon: +99899 494-17-30

+99899 725-70-75

e-mail: burxonjonxaminov@gmail.com

Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 14:00 dan 16:00 gacha

Bo’lim nizomi 

1.Oliy ta’lim muassasalarining ichki nazorat va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringi (bundan keyin Ichki nazorat va monitoring) Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining ijro etilishini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etiladi.

  2.Ichki nazorat va monitoring o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari buyruqlariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

  3.Ichki nazorat va monitoring oliy o‘quv yurtlarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etilishini amalga oshiradi, shuningdek fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va o‘quv yurti bo‘yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.

  4.Ichki nazorat va monitoringning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

4.1.Ta’lim muassasasida  O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim sohasiga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, vazirlikning Hay’at qarorlari, buyruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek o‘quv yurtining Kengash qarori va buyruqlarining bajarilish nazoratini ta’minlash va monitoringini oborish.

4.2.Kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish va oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha rejalashtirilgan barcha tadbirlarni hamda moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish.

4.3.Professor-o‘qituvchilar tarkibi va xalq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish va o‘tkazish.

5.Ichki nazorat va monitoring o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida:

5.1.Oliy ta’lim muassasasida ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.

5.2.Oliy ta’lim muassasasida ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi.

5.3.Oliy ta’limni boshqarish organlari (vazirlik, rektorat, Ilmiy kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi.

5.4.Oliy ta’lim muassasasi qaror va buyruqlarini ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

5.5.Oliy ta’lim muassasasi ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.

5.6.Ta’lim muassasasida ilg‘or tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga imkoniyat yaratadi.

5.7.Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshiradi.

6.Ichki nazorat va monitoring tadbirlari natijalari bo‘yicha:

6.1.Oliy ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, ta’lim masalalari bo‘yicha Respublika hukumati qarorlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning Monitoring bo‘limiga va tegishli boshqarmalariga o‘z muddatida sifatli taqdim qilishni ta’minlaydi.

6.2.Xulosa ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf va hal qilish bo‘yicha aniq takliflarni o‘quv yurti rahbariyatiga taqdim etiladi.

7.Ichki nazorat va monitoring quyidagi huquqlarga ega:

7.1.Oliy ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, ta’lim masalalari bo‘yicha Respublika hukumati qarorlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruq, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek ta’lim muassasasini Kengash majlisi qarori va buyruqlarini bajarilishini fakultetlarda, kafedralarja, bo‘limlarda tahlil qilish.

7.2.Oliy o‘quv yurtida va unga tegishli ta’lim muassasalarida (malaka oshirish instituti, litseylar va boshqalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish.

7.3.Oliy o‘quv yurtida va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish.

7.4.Ta’lim muassasasi faoliyatini o‘rganish bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish.

7.5.Kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat attestatsiyalarining o‘tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘rib chiqish.

7.6.Ichki nazorat va monitoring huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda o‘quv yurtining malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda guruhlar tuzish.

8.Ichki nazorat va monitoringning mansab jadvali boshliq-prorektor, boshliq muovini, bosh metodist va inspektorlardan iborat.

Ichki nazorat va monitoring mansablari tarkibi talabalar soniga binoan oliy ta’lim muassasasiga ajratilayotgan mablag‘ va ish haqining umumiy fondi chegarasida belgilanadi.

Ichki nazorat va monitoring boshlig‘i vazirlik bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadi va vazifasidan bo‘shatiladi.

9.Ichki nazorat va monitoring o‘z faoliyatini vazirlik bilan kelishilgan holda va oliy ta’lim muassasasi rektori tasdiqlagan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.

10.Ichki nazorat va monitoring faoliyati har yili oliy ta’lim muassasasi Kengashida muhokama qilinadi va bu haqdagi hisobot Vazirlikka o‘quv yilining oxirida taqdim etiladi.

 345 total views,  1 views today