Jamshid Ermatov
Reja moliya bo’limi boshlig’i
Telefon: +998 99 006 95 22
E-mail: jshams@mail.ru
Qabul kunlari: Dushanba-Juma 14:00 dan 16:00 gacha
Reja-moliya bo‘limi filialning alohida bo‘limi bo‘lib, bevosita direktorga bo‘ysunadi. Bo‘lim o‘z ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, hukumat qaror va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va me’yoriy hujjatlari, filial nizomi, ilmiy kengash qarorlariga asoslangan holda olib boradi.
Reja-moliya bo‘limi filialning iqtisodiy faoliyatini rejalashtiruvchi bo‘lim hisoblanadi va yillik daromad va xarajatlar smetasini tuzishda hamda shtatlar jadvalini tayyorlashda ishtirok etadi.
Bo‘limning xodimlari soni Oliy ta’lim muassasalari texnik xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlari asosida belgilanadi. Hozirgi vaqtda bo‘limda xodimlar soni ikki kishidan iborat bo‘lib, bo‘lim boshlig‘i va birinchi toifali iqtisodchi faoliyat olib bormoqda.
529 total views, 1 views today