Joriy yilning 27-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida direktor Pulatov Sharifjon Yigitaliyevich boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.Yigʻilishda kun tartibida belgilanishi zarur boʻlgan masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarga topshiriq va vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, direktor Sh.Pulatov oʻquv, ilmiy-innovatsion, ijtimoiy, maʼnaviy yoʻnalishlar yuzasidan tavsiyalar va takliflar berdi. Yakunda masʼullarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 427-son topshiriq xatini ijrosini ta’minlash maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali talabalari oʻrtasida “Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovining oliygoh bosqichi boʻlib oʻtadi. Tanlovning vazifasi — O‘zbekistonda eng yaxshi loyihalarni ishlab chiqish uchun o‘ziga xos yo‘nalishlarni shakllantirish hamda mavjud jarayonlami takomillashtirish va yangi innovatsion...