Sirtqi bo’lim

Toshpoʻlatov Islomjon Adiljon oʻgʻli

Sirtqi bo‘lim boshligʻi

Qabul vaqti: Dushanba-Juma (09:00 – 17:00)

Telefon: +99890-815-46-20

E-mail:  toshpulatov_19910304@mail.ru

Sirtqi bo‘limning qisqacha tarixi

Sirtqi bo‘lim filialda 2022-yilda tashkil etilgan. 2022-yil 21-iyuldan Ergashxoʻjayeva Saboxatxon Islomxoʻja qizi Sirtqi boʻlim uslubchisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2023-yil 1-iyuldan Toshpoʻlatov Islomjon Adiljon oʻgʻli boʻlim boshligʻi lavozimida, 2023-yil 4-sentabrdan Xolmirzayev Erkaboy Abduraxmon oʻgʻli boʻlim uslubchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Sirtqi bo‘limning umumiy faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi №930- sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom” ga asosan sirtqi bo‘lim faoliyat yuritadi.

Sirtqi taʼlimda o‘quv jarayoni taʼlim sohalarining davlat taʼlim standartlari va tegishli taʼlim yo‘nalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan hamda kunduzgi taʼlim uchun tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etilgan. Sirtqi bo‘lim talabalari filialning moddiy-texnik bazasidan to‘liq foydalanmoqda.

Sirtqi bo‘limda 10 ta ta’lim yo‘nalishi mavjud boʻlib, 750 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda.