Mamatqulova Qunduzxon Umarovna
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig’i
Qabul vaqti: Dushanba — Shanba kunlari soat 13-00 dan 16-00 gacha
Tel: +998 (91) 699 23 36
E-mail: qunduzxonmamatqulova41@gmail.com
Nosirova Sabinaxon Muxiddin qizi
Boʻlim uslubchisi
YOSHLAR BILAN ISHLASH, MAʼNAVIYAT VA MA’RIFAT BOʻLIMI
Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik va yon-atrofdagi voqealarga nisbatan daxldorlik tuygʻusini tarbiyalash bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyatga ega.
Sh.M.Mirziyoyev
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2909-son, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3151-son, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga kо‘tarish tо‘g‘risida”gi PQ-3160-son Qarorlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2017 yil 31 iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishga doir Nizomlarni tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 526-sonli buyrug‘i asosida faoliyat olib boradi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston xalqi yangi demokratik jamiyat qurmoqda, uni rivojlantirishda maʼnaviyat muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-maʼrifiy vazifalarni hal etishda taʼlim, maʼnaviyatni tarbiyalash va rivojlantirish muammolariga alohida eʼtibor beriladi.
Taʼkidlash kerakki, mustaqillik yillarida oʻzbek xalqining maʼnaviy va tarixiy qadriyatlari, buyuk ajdodlar merosi haqiqatan ham jahon merosiga aylanib bormoqda. Oʻzbek davlatining asl tarixini tiklash, milliy urf-odatlar, milliy madaniyatni tiklash, milliy tillarni rivojlantirish-bularning barchasi mustaqil Vatanimiz xalqlarining yangi maʼnaviy hayotidir. Maʼnaviy qayta tugʻilish masalasi davlat siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Oʻzbek xalqi tarixida birinchi marta nazariy gʻoyalar va mafkuralar ishlab chiqildi.
Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanishi yillarida odamlarning tafakkuri va dunyoqarashi oʻzgardi. Demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, iqtisodiy va siyosiy hayotni liberallashtirish va jamiyatni yangilashda oʻz nuqtayi nazarini koʻradigan yangi avlod hayotga shakllanmoqda.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida talabalar oʻrtasida milliy mafkuraning yorqin tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishda milliy oʻzlikni anglashni tiklash uchun universitet rahbariyati, shuningdek professor-oʻqituvchilar va murabbiylar faoliyat olib bormoqda.
Bugungi kundagi asosiy vazifa yosh avlodimizning bilim bilan boyitilishini taʼminlash, ularni ruhiy yuksaltirish, oʻzlariga boʻlgan ishonchni, hayotlarini yaxshi tomonga oʻzgartirish qobiliyatiga ega boʻlishida koʻmaklashishdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi” qayta tashkil etildi.
Boʻlim direktor birinchi o‘rinbosari rahbarligida ishlaydi. Boʻlimning kadrlar tarkibi boʻlim boshligʻi, uslubchilar va psixologdan iborat. Har bir oʻquv yilining boshida oʻquv yili uchun ish rejasini tuzadi va tasdiqlaydi, amalga oshirilgan ishlar va tadbirlar toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼruzani ilmiy kengash va yuqori tashkilotlarga taqdim etadi.
Filialdagi oʻquv jarayonlarini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida boʻlimning asosiy vazifalari maʼnaviy-maʼrifiy tizimga rahbarlik qilish, ushbu sohada olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish, ilgʻor tajribadan foydalangan holda zarur ilmiy va uslubiy adabiyotlar nashrlarini tayyorlashdan iborat, barcha sohalarda ishlaydigan xodimlarni oʻqitish, turli toʻgaraklar, sport va jamoat klublari, uchrashuvlar tashkil etish, talabalarga umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy urf-odatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik, maʼnaviy sohadagi yutuqlar, yangi talablarga javob beradigan yuqori malakali etuk mutaxassislar tayyorlash. Maʼnaviy va jismoniy barkamol, oʻz vataniga sadoqatli yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Iqtidorli talabalar bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazib borish.
Boʻlimning asosiy vazifalari talabalarni, malakali mutaxassis sifatida vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy va madaniy vazifalarning mohiyatini anglab borishi, shuningdek, boʻlajak mutaxassislarni mustaqil ishlashga tayyorlashning axloqiy asoslarini tushuntirishi mantiqiy fikrlashi, jamoani boshqarish qobiliyati, hayotda munosib oʻrin topishi, oʻz taqdirini oʻzi belgilash, kelajakka ishonch, mamlakatning buyuk kelajagi yutuqlar bilan bogʻliqligini tushuntirishidan iboratdir.
BOʻLIM TARIXI
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida oʻtgan yillar davomida Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi lavozimida quyidagilar faoliyat yuritgan:
2021-2023-yillar N.A.Sharipova
2023-yil sentabr oyidan boshlab Mamatqulova Qunduzxon Umarovna Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.
BOSHQARUVNING MAQSADLARI VA FUNKSIYALARI
Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yoʻnalishlari:
Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar zaminida, mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
Talabalarda milliy gʻururni shakllantirish;
Xalqimiz qadimiy urf odatlarining eng yaxshilarini tarannum etish va boyitib borish;
Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sitqidildan bajarishga tayyorlash;
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga oʻtishi munosabati bilan olib borilayotgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda talabalarni tayyorlash;
Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida talab darajasidagi yosh mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha ish olib borish;
Talabalarda kasb-hunarni egallashga maʼsuliyatni oshirish;
Milliy, oilaparvar, ota-ona, qoʻni-qoʻshni, mahalla, el-yurt oldidagi burchlarini anglashga boʻlgan munosabatni tarbiyalash;
Talabaning shaxs sifatidagi, oʻziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
Talabalarni ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, oʻqishga va kasbga boʻlgan hurmat va ijtimoiy maʼsullik hissini keng targʻib qilish;
Talaba yoshlar manfaatini himoya qilish, ularning bilim olishlari va sogʻlom hayot kechirishlari uchun barcha qulayliklar yaratish;
Talabalarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va tahliliy fikrlarini kengaytirish;
Jamiyatdagi salbiy illatlar, yaʼni adolatsizlik, koʻzboʻyamachilikka, poraxoʻrlikka, tanish-bilishchilik va mahalliychilik kabi illatlarga qarshi kurash;
Xalqaro terrorizm, diniy va siyosiy ekstremizm, giyoxvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba-yoshlar oʻrtasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
Manzillashgan maʼnaviy-axloqiy ishlarni takomillashtirib borish.
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimining vazifalari:
Boʻlimga filial taʼlim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi vazifalar yuklatilgan:
“Maʼnaviy-maʼrifiy” tizimga rahbarlik qilish, bu sohada olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirish;
Ilgʻor tajribalardan foydalangan holda maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha zarur ilmiy-uslubiy mavzudagi adabiyotlarni tayyorlash, chop ettirish;
Barcha soha xodimlarining oʻqishlarini tashkil etish;
Turli xil toʻgaraklar, sport, jamoat klubi, uchrashuvlar, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tarixiy anʼanalarga, Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, mustaqillik ruhini, maʼnaviyat sohadagi yutuqlarimizni talabalarga keng tushuntirish;
Yangi turdagi yetuk davr talabiga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, maʼnaviy-madaniy, axloqiy-ruhiy jismoniy jihatdan barkamol, Vatanga, el-yurtga sadoqatli kishilar qilib tarbiyalash;
Maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya jarayonidagi boshqarish tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish;
Maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya ishlar rejasi va dasturlarini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy taʼlim Vazirligining buyruq va maʼlumotlarini shuningdek “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunda va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni talabalarga, murabbiylarga va professor-oʻqituvchilarga oʻz vaqtida yetkazishni, tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari va maʼruzalari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlari maxmun-mohiyatini talaba-yoshlar va professor-oʻqituvchilarga oʻz vaqtida yetkazish, har tomonlama tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Ustoz-shogird tizimini takomillashtirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ustoz-murabbiylar tomonidan oʻtkazilayotgan murabbiylik soatlarini samarali oʻtkazilishini taʼminlab borish;
Filialda oʻtkaziladigan “Maʼnaviyat kuni” tadbirlarining mazmunli oʻtkazilishini tashkil etish;
Turli xildagi tarbiyaviy yoʻnalishdagi uchrashuvlar oʻtkazish;
Huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida xuquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash tizimini takomillashtirib borish;
Talaba-yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi masalalariga oid ilmiy-uslubiy va amaliy adabiyotlar, qoʻllanmalar tayyorlab borish va ularni chop ettirish ishlarini amalga oshirish hamda tarbiyaviy ahamiyatga molik adabiyotlar bilan taʼminlash;
Talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil qilish;
Talabalar turar joyida va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini muntazam nazorat qilib borishni tashkil qilib borish;
Filialda sport-sogʻlomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz, sifatli ishlashini taʼminlash maqsadida nazorat qilish;
Filialda turli xildagi koʻrik-tanlovlar, festivallar, spartakiadalar, olimpiadalar oʻtkazishni tashkil qilish;
Moddiy jihatdan kam taʼminlangan koʻp bolali oilalardan chiqqan, nogiron talabalarning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida, ularni ahvolini aniqlash hamda ijtimoiy muxofaza qilish boʻyicha muntazam ish olib borish va universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
Bayramlar va allomalarning yubileylari munosabati bilan turli mavzularda tadbirlar tashkil qilib borish;
Talaba va professor-oʻqituvchilarni kino-teatrlarga, muzeylarga, tarixiy ziyoratgoh joylarga tashriflarini tashkil etib borish;
Filialda talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamgʻarmalari, mahallalar va fakultetlar tomonidan olib borilayotgan ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;
Talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar zaminida, mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
Talabalar milliy gʻururini shakllantirish;
Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik burch va vazifalarini sitqidildan bajarishga tayyorlash;
Filialda koʻrik-tanlovlar, festivallar, spartakiadalar, olimpiadalar oʻtkazishni tashkil etish;
Respublika, viloyat, shahar va universitetda boʻladigan turli jamoat ishlari, tadbirlarida professor-oʻqituvchilar va talabalarni ishtirokini taʼminlash;
Tarbiyaviy ishlar yoʻnalishlari va ularning samaradorligini oshirish boʻyicha taklif kiritish.
Bо‘limning huquqlari:
Filial, fakultet, kafedra hamda akademik guruhlar va talabalar turar joylarida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni muntazam nazorat qilish.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan о‘rinbosarlari, guruh murabbiylari, talabalar kengashi, jamoat tashkilotlarining ish faoliyatini nazoratga olish.
Ish faoliyatida hamda о‘quv jarayonida yuqori natijalarga erishgan professor-о‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalarni rag‘batlantirishga tavsiya etish.
Filial ichki-tartib qoidalari, odob-axloq qoidalarini buzgan professor-о‘qituvchi, ishchi-xodim hamda talabalarga nisbatan intizomiy chora kо‘rish bо‘yicha taklif kiritish.
Filial professor-о‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalari о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazish.
Bо‘limning tuzilishi va moliyaviy ta’minlanishi:
О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Moliya vazirligining 2017 yil 21 fevral kungi №28/59-son buyruq bilan rо‘yhatdan о‘tgan namunaviy shtatlar asosida tashkil etilib, bо‘lim xodimlarining soni jami 5 ta, shundan, 1 shtat bо‘lim boshlig‘i, 4 shtat bо‘lim uslubchisi lavozimi belgilanadi, talabalar kontingentiga bog‘liq holda о‘zgarib boradi. Xodimlarning shtat jadvali filial direktori tomonidan tasdiqlanadi.