Yo’riqnoma

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma


2024/2025-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy)) imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan:

2024/2025-oʻquv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari fan majmualari qoʻshimcha tasdiqlanadi.


Bilim va malakalarni baholash agentligining https://my.uzbmb.uz/ sayti orqali onlayn ro’yxatdan o’tish mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:

pasport;

diplom;

til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa);

imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

toʻlov summasi;

Joriy yil bitiruvchilari uchun:

pasport;

bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.