Bo’limning vazifalari:
Bo‘limning yaqin kelajakka mo‘ljallangan ustivor vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
TDTU Qo’qon filialining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash;
ta’lim dasturlarini xalqaro talablar asosida rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlardagi ilg‘or (tan olingan reyting tashkilotlari – THE, QS – ma’lumotlari bo‘yicha birinchi 1000 talikka kirgan) oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish;
ilmiy tadqiqot dasturlarini xalqaro talablar asosida rivojlantirish va xalqaro ilmiy maktablar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish;
saloxiyatni rivojlanishtirish, dasturlarini takomillashtirish va xalqaro ilg‘or oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, xalqaro jamg‘armalar va donorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish;
professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalarning xalqaro xamkorlik yo‘nalishidagi faoliyatlarda faol ishtirok etishi uchun zarur va rag‘batlantiruvchi shart-sharoitlarni yaratish, xalqaro faoliyatlar jarayoni va natijalarini ob’ektiv va shaffof monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish;
xalqaro miqyosda o‘tkazildigan oliy ta’lim muassasalari talabalari olimpiadalariga TDTU Qo’qon filialining iqtidorli talabalarini tanlab olish hamda maqsadli tayyorlash;
TDTU Qo’qon filiali xalqaro maydondagi akademik jozibadorligini oshirgan holda xorijiy talabalarni keng jalb etish;
TDTU Qo’qon filialining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etish;
TDTU Qo’qon filialining xodimlarining xorijiy xizmat safarlariga yuborishda kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish va ular bilan safar davomida aloqada bo‘lish
Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim tizimiga bog‘lash va yaqinlashtirish borasida faoliyat olib borilmoqda.
Xalqaro hamkorlik bo’limi faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
• Xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik;
• Xorijiy fuqarolarni o’qishga qabul qilish;
• Xalqaro anjumanlar (uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar) o’tkazish;
• Xalqaro dasturlarda ishirok etish (loyihalar, grantlar, stipendiyalar);
• TDTU Qo’qon filiali vakillarini turli yo’nalishlar bo’yicha xorijga malaka oshirish, stajirovka o`tash, umumiy ta’lim tizimi, ustuvor yo’nalishlar bo’yicha zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan tanishish maqsadida safarlarga yuborish.
Bo’limning maqsadi: Bugungi kunda mavjud nazariy bilim va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo’llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholash, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. alqaro standartlarga mos o’quv jarayonining so’nggi yutuqlaridan foydalanish dolzarb muammolardan sanaladi. Shu munosabat bilan TDTU Qo’qon filiali Xalqaro hamkorlik bo’lim TDTU Qo’qon filiali bilan dunyoning boshqa ta’lim muassasalari o’rtasida do’stona, madaniy, o’quv va ilmiy yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini o’rnatib, ularni takomillashtirib boradi. Shuningdek,professor-o’qituvchilarning xorijda malakasini oshirish, stajirovkalar qisqa muddatli o’quv kurslari va talabalarning almashinuv dasturlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg’armasi, Yevropa Ittifoqi, Rossiya, AQSH va boshqa ko’plab davlatlar tomonidan e’lon qilinadigan grant va stipendiya dasturlarida qatnashish borasida tavsiyalar beradi. Shuningdek xalqaro hamkorlik doirasida “Universitet 3.0” dasturiga o’tish
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hozirgi kunda quyidagi xorijiy oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik qilmoqda :
• Ufa davlat neft-texnika universiteti (Rossiya Federatsiyasi )
• V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnika universiteti (Rossiya Federatsiyasi )
• M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (Qozog’iston Respublikasi)
• M.M.Adishev nomidagi O‘sh texnologiya universiteti (Qirg’iziston Respublikasi)
• Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti (Qozog’iston Respublikasi)
• Abdurahmon Jomiy nomidagi Ta’limni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutlari (Tojikiston Respublikasi)
• Gorgan qishloq xo’jaligi fanlari va tabiiy resurslar universiteti (Eron Islom Respublikasi)