Ilmiy faoliyat

Ilmiy faoliyat

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialining ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ustivor yo‘nalishlari

  1. Qishloq ho‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar;
  2. Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari;
  3. Elektron va elektrotexnologik davolash tibbiyot jihozlari

Hozirda filial professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari quyidagi innnovatsion loyihalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishmoqda:

  • Innovatsion davolash nimchasi yaratish va ishlab chiqarish
  • Oddiy quyosh suv isitgichlarini yaratish va ishlab chiqarish (Fermerlar, umumiy ovqatlanish korxonalari va aholi oshxonalari uchun)
  • Ipak qurti urug‘ini jonlantirish va ipak qurti pillalarini yetishtirish jarayonlari uchun  elektrotexnologik qurilma yaratish va ishlab chiqarish
  • Aholi tomorqalari uchun harakatlanuvchi elektro-mexanik oddiy qurilma-larni yaratish va  ishlab chiqarish (Aholi tomorqalarida qishloq ho‘jalik mahsulotlari urug‘larini plenka ostida ekish va  bir paytda tomchilab sug‘orish tizimi uchun sug‘orish shlanglarini yotqizib ketuvchi  harakatlanuvchi elektromexanik oddiy qurilmasi yaratilad va ishlab chiqariladi)




Fargʻona Politexnika Institutida Hududning 100-nafar ayol ixtirochi tanlovida oliygohimizning «Muhandislik texnologiyasi» kafedrasi oʻqituvchisi Esonaliyeva Nilufarxon 2-bosqich tanlovida «Eng yaxshi ixtiro va foydali model nominatsiyasi gʻolibi boʻldi. Filial jamoasi bu yutugʻ bilan muborakbod etadi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Matematika, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi T.Bo’tayevning «ARDUINO asosida havo tarkibini monitoringlash tizimi dasturini yaratish«nomli dasturi uchun «Intellektual mulk agentligi» tomonidan guvohnoma berildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Matematika, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar kafedrasi assistent o’qituvchisi V.Otako’ziyevaning maqolasi OpenAccessJournals tizimida indekslanuvchi jurnalda chop etildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Matematika, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi A.Jumakulovning «Elementar zarralar fizikasi«nomli elektron darslik dasturi uchun «Intellektual mulk konsultativ markazi» tomonidan guvohnoma berildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

T.Butayev va D.Abdunabiyev ustozlarning xalqaro Scopus bazasidagi jurnalda maqolalari muvaffaqiyatli chop etildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti