Ilmiy faoliyat
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialining ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ustivor yo‘nalishlari
Hozirda filial professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari quyidagi innnovatsion loyihalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishmoqda:
Fargʻona Politexnika Institutida Hududning 100-nafar ayol ixtirochi tanlovida oliygohimizning «Muhandislik texnologiyasi» kafedrasi oʻqituvchisi Esonaliyeva Nilufarxon 2-bosqich tanlovida «Eng yaxshi ixtiro va foydali model nominatsiyasi gʻolibi boʻldi. Filial jamoasi bu yutugʻ bilan muborakbod etadi.
Matematika, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi T.Bo’tayevning «ARDUINO asosida havo tarkibini monitoringlash tizimi dasturini yaratish«nomli dasturi uchun «Intellektual mulk agentligi» tomonidan guvohnoma berildi.
Matematika, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar kafedrasi assistent o’qituvchisi V.Otako’ziyevaning maqolasi OpenAccessJournals tizimida indekslanuvchi jurnalda chop etildi.
Matematika, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi A.Jumakulovning «Elementar zarralar fizikasi«nomli elektron darslik dasturi uchun «Intellektual mulk konsultativ markazi» tomonidan guvohnoma berildi.
T.Butayev va D.Abdunabiyev ustozlarning xalqaro Scopus bazasidagi jurnalda maqolalari muvaffaqiyatli chop etildi.