Doktorantura

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent davlat texnika universitetining
Qo‘qon filialini 1-2-bosqich tayanch doktoranlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom» hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarpi maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi” 606-son qaroriga muvofiq va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022 yil 21 fevraldagi 3/2-sonli Hay’at qaroriga asosan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida 2023 yildan boshlab quyidagi ixtisosliklar:
05.05.04-Sanoat issiqlik energetikasi
05.05.07-Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar
05.02.07– “Mashinasozlik mashinalari, apparatlari, agregatlari va qurilmalari”
bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) ochildi.



Maqsadli tayanch doktorantura (PhD)ga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi talabgorlar tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilindi:



Bektoshev Oybek Qosimjon o’g’li – Issiqlik energetikasi fakultetining “Issiqlik energetikasi” kafedrasiga 05.05.04 – “Sanoat issiqlik energetikasi” ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 2022 yilning 1 yanvaridan 2024 yilning 31 dekabrigacha tayanch doktorantura (PhD)ga o’qishga qabul qilinsin va ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo’lmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo’lgan) kichik ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga teng 4419894 so’m miqdorida stipendiya belgilansin. Ilmiy rahbar etib, t.f.d., dosent K.S.Shamsiyev tayinlansin. Asos: 2021 yil 1-dekabrda o’tkazilgan tanlov hay’ati majlisining bayoni va O.Q.Bektoshevning arizasi.


Axmedov Usmonjon Mo’minjon o’g’li – Elektr energetikasi fakultetining “Altemativ energiya manbalari” kafedrasiga 05.05.06 – “Qayta tiklanuvchi energiya turlari asosidagi energiya kurilmalari” ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 2022 yilning 1 yanvaridan 2024 yilning 31 dekabrigacha tayanch doktorantura (PhD)ga o’qishga qabul qilinsin va ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo’lmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo’lgan) kichik ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga teng 4419894 so’m miqdorida stipendiya belgilansin. Ilmiy rahbar etib, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent E.B.Saitov tayinlansin. Asos: 2021 yil 1-dekabrda o’tkazilgan tanlov hay’ati majlisining bayoni va U.M.Axmedovning arizasi.