Xodimlar bo’limi


Tojiboyev Ozodjon Raxmonovich

Xodimlar bo’limi inspektori

Tel:+998 90 309 78 75






Xodjamkulova Mamlakat Muxtorovna

Xodimlar bo’limi muhandisi





Bo‘limning asosiy vazifalari:

– ishga olingan har bir xodim va pedagog-xodim hamda ishchi-xodimlar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, xodimlarning mehnat daftarchalarini hamda faoliyatga oid buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

– filial pedagog-xodim va ishchi, o‘quv-yordamchi va ma’muriy xo‘jalik-xodimlarini o‘rnatilgan tartibda ishga olish, boshqa ishga o‘tkazish, vazifasidan ozod etish bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash;

– pedagog-xodim va ishchi-xodimlarning qo‘nimsizligini tahlil qilish, xodimlar sifat tarkibini yaxshilash va ularni o‘rnashib qolish borasida olib boriladigan ishlar, foydalanish uchun ma’lumotlar, shuningdek faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rnatish;

– filial pedagog-xodim va ishchi-xodimlari hamda fakultet dekan va dekan o‘rinbosarlarini davlat attestasiyasini tashkil etishda ko‘maklashish;

– filial nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zahirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida rahbariyatga takliflar berish;

– filialning xodimlarini vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkillashtirishda rahbariyatga taklif kiritish;

– filialning bakalavriat bosqichlari davlat ta’lim standartlari talablarini va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini davlat talablari va o‘quv rejasini to‘liq bajargan shaxslarga Davlat Attestasiya komissiyasi qarori asosida filial rektorining buyrug‘iga binoan davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom, diplom ilovalari va ishchi-xodimlarga shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar berish;

– o‘qishga qabul qilingan talabalarni shaxsiy hujjatlarini o‘ranatilgan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va ularni belgilangan muddatga qadar saqlash;

– bitiruvchi talabalarning diplom ilovalari va ishchi-xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalarni o‘rnatilgan tartib qoidalari, me’yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish;

– filial tomonidan berilgan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom, diplom ilovalari va guvohnoma)lar bo‘yicha tegishli organlarning so‘rovnomalariga, shuningdek, filialning barcha so‘rovnomalariga o‘rnatilgan tartibda javob yo‘llaydi;

– filialning bakalavriat bosqichlari davlat ta’limi standartlari va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan bitiruvchi va ularni davlat tomonidan tasdiqlangan diplom ilovalari va ishchi-xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar rasmiylashtirilganligi yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumotlar bankini yaratadi.