Qambarov Muxriddin Zuxridinovich
O’quv-uslubiy bo’lim rahbari
Telefon: (+998) 91 696-11-02
e-mail: muxriddin_1990@umail.uz
2021-yil 6-sentabrdan boshlab Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida O’quv-uslubiy bo’lim rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
O‘QUV-USLUBIY BO‘LIM FAOLIYATI
O‘quv- uslubiy bo’lim – o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi. O‘quv- uslubiy bo’lim filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.O‘quv-uslubiy bo’lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.
O‘quv-metodik bo’limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- Filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, filial tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
- Filialda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
- Filial fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
- O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
- Filial ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va filial Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
- Filial fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va filial ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
- Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi nizomnini amaliyotga tadbiq etish;
- Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
- Talabalar davomatini tahlil etish;
- Filial professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
- Filialdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
- Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
- Filialda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
- O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
- Filial fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
- Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
- O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
- Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
- Filial-filiallarida o‘quv jarayonlarini tashkil etishda ishtirok etish;
Bo’limning umumiy qoidalari
O’quv-uslubiy bo’lim (keyingi o’rinlarda matnda “Boshqarma” deb yuritiladi) institut tuzilishidagi o’quv va uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi.
Bo’lim O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida belgilangan vazifalarning samarali shakllardagi ijrosini, shuningdek, har tomonlama etuk yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ta’limni o’quv-metodik jihatdan uzviyligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Bo’lim o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari yoki bevosita rektorga bo’ysunadi.
Mazkur bo’lim o’z faoliyatni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va yo’riqnomalari, institut rektorining buyruqlari, o’quv ishlari bo’yicha prorektorning ko’rsatmalari hamda Nizom asosida olib boradi.
Bo’limning majburiyatlari
- Filialda tayyorlanadigan yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha ishchi o’quv rejalarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlash;
- Filial fakultet va magistraturasi talabalarining dars jadvallarini tuzish, tasdiqlanishi hamda amal qilinishini o’rganib borish;
- Filial kafedralari hamda professor-o’qituvchilarining yillik o’quv yuklamalarini hisoblab chiqish, unga asoslanib shtatlar birligini shakllantirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
- Filialda ta’lim jarayonini tashkil etish grafigini tayyorlash hamda unga amal qilinishini ta’minlash;
- Filialda o’qitiladigan fanlar bo’yicha ishchi o’quv dasturlarining yangilanishi hamda nashr etilishini o’rganib borish;
- Filialda tayyorlanadigan yo’nalish va mutaxassisliklarda o’qitiladigan fanlar bo’yicha uslubiy ta’minotni o’rganish yuzasidan reja ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlanishini hamda uning to’liq samarali bajarilishini ta’minlash;
- Filial fakultetlari va magistraturasi talabalarining o’quv-uslubiy ta’minotini o’rganib borish, tegishli hollarda o’quv ishlari bo’yicha prorektorga yozma ravishdagi axborotlarni taqdim etish;
- Filial kafedralarida rejalashtirilgan uslubiy ishlarning bajarilishini nazorat qilish, ularning natijalarini belgilangan muddatlarda institut ilmiy Kengashi muhokamasiga tayyorlash;
- Filialda o’qitiladigan fanlarning uslubiy ta’minoti yangilanishini o’rganib borish;
- Filialda o’quv jarayoniga va fanlarning uslubiy ta’minotiga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
- Bo’lim faoliyatini ta’limga oid me’yoriy-huquqiy qoidalar asosida olib borish;
- Bo’lim faoliyati yuzasidan hisobotlarni belgilangan muddat va shakllarda institut ilmiy Kengashi muhokamasiga taqdim etish;
- Bo’lim faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida tegishli hujjatlarning belgilangan tartibdagi yig’ma jildlarini yuritish;
- O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’rsatilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
982 total views, 3 views today