Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi

Korrupsiyaviy harakatlar – xodim tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali porani ya’ni pul, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqamol-mulkni, mulkiy tusdagi xizmatlarni, boshqa mulkiy huquqlarni olish, talab qilish, taklif kilish, va’da qilish va berish, shuningdek, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, xodim tomonidan pora olish yoki huquqqa xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanish;

Xodim – vazirlik va tarkibiy tuzilmalari bilan mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs;

Yaqin qarindoshlar – ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar va opa-singillar, er (xotin), farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, shuningdek erning (xotinning) ota-onasi.

Qonuniylik – vazirlik va tarkibiy tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, davlat boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jahonda tan olingan amaliyotni hisobga holda hamda vazirlik tizimining belgilangan lokal hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;

Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.

Korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik to‘g‘risida berilayotgan xabarda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi shart:
?xabar muallifining FISh, lavozimi;
?shaxsning murojaat kilishi uchun unga ma’lum bo‘lgan holatlarning tavsifi (sana, joy, vaqt va boshqa holatlar);
?korrupsion yoki boshqa huquqbuzarlik turi va ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar;
?murojaat qilingan sana;
?murojaatchining telefon raqami.
?Murojaat etuvchi o‘z murojaatiga asos bo‘ladigan boshqa hujjatlarni ham qo‘shib taqdim etishi mumkin.

Agar siz korrupsion xolatlar to’g’risida xabardor bo’lsangiz, ushbu telegram guruhidan tashqari Vazirlikning @EduAntiCorruptionBot rasmiy telegram botiga xabar berishingiz mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi mas’ul xodimi: Maxmudov Mirzobek To’rabekovich

Murojaat uchun: +998 99 973 00 21

QO’QON SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI: +99 873 5422002

FARG’ONA VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI ISHONCH TELEFONI:  1102